Foto: Dreamstime
Oddiy teriosti yog‘idan farqli ravishda visseral (ichki) yog‘ yurak kasalliklari, ikkinchi turdagi qandli diabet, insultga chalinish xavfini oshiradi, deb ogohlantiradi kardiologlar.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ichki yog‘ shamollash oqsillarini ishlab chiqaradi, natijada bu qon tomirlari, qon bosimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
«Qorincha» ovqatlanish va hayot tarzi haqida o‘ylash uchun jiddiy sababdir, deydi doktor Tiffani Pauell-Uayli.
Uning maslahat berishicha, ichki yog‘lardan xalos bo‘lish uchun harakatlanish kerak. Haftasiga 150 daqiqa jismoniy faollik yetarli.
Shifokorlar tez yurish, lo‘killab chopish, velosiped minish yoki suzishni tavsiya qilishadi. Agarda shifokor taqiqlamagan bo‘lsa, zinadan tez-tez ko‘tarilish ham foydali.
Shuningdek, shirin ichimliklar va shakardan voz kechib, ular o‘rniga kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qilish lozim. Bu suli, guruch yormalari, arpa, sitrus mevalar va olmadir. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘n gramm eruvchan kletchatka visseral yog‘ni 3,7 foizga kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi