22:00 / 27.04.2021
3 609

Iftorlik uchun turkcha taom − islim kebab tayyorlaymiz


Foto: Lifehacker
Turk oshxonasining o‘ziga xosligini mazali taomlari orqali ham tasavvur qilish mumkin. Mazkur taom ham noodatiy tarzda pishiriladi. Pomidor sousining baqlajon bilan o‘zaro uyg‘unligi hamda frikadelkalar taomni yanada ishtahaochar qilishi, shubhasiz.

Kerakli mahsulotlar:
  • piyoz − 1 dona;
  • sarimsoq − 5 bo‘lak;
  • qiyma − 600 gramm;
  • quritilgan non − 3-4 osh qoshiq;
  • tuxum − 1 dona;
  • baqlajon − 5 dona;
  • o‘simlik moyi − 70-100 ml;
  • tomat pastasi − 1 osh qoshiq;
  • suv − 500 ml;
  • pomidor sharbati − 220 gramm;
  • cherri pomidori − 25-30 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Piyoz, sarimsoq, ko‘kat mayda to‘g‘raladi.
  2. Qiyma piyoz, ko‘kat, sarimsoq, quritilgan non, tuxum, tuz va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
  3. Aralashmadan kichkina frikadelkalar yasalib, 30-40 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  4. Baqlajon uzun shaklda kesib olinib, qizargunga qadar yog‘da qovuriladi.
  5. So‘ngra yog‘ini shimib olish uchun qog‘oz salfetka ustiga terib chiqiladi.
  6. Tovaga yog‘ quyilib, frikadelkalar 2-3 daqiqa davomida qovuriladi.
  7. Tovadan frikadelkalar olingach, tomat pastasi solinadi.
  8. Ustidan 250 ml suv va ortib qolgan sarimsoq qo‘shiladi va 2-3 daqiqa davomida qaynatiladi.
  9. So‘ngra pomidor sharbati quyilib, quyuqlashguncha qaynatiladi.
  10. Pech 200 darajada qizdirilib, qolip ichiga baqlajonlar X shaklida qo‘yiladi va ustida frikadelkalar joylashtirilib, baqlajon uchlari ularni berkitadigan darajada yopiladi.
  11. Cherri pomidori baqlajon ustidan qo‘yiladi va tushib ketmasligi uchun kichik sanchqilar sanchib qo‘yiladi.
  12. So‘ngra qolipga pomidor sousi va ustidan 250 ml suv quyiladi va 30-35 daqiqa davomida pechda pishirib olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iftorlik uchun turkcha taom − islim kebab tayyorlaymiz