13:10 / 05.05.2021
2 443

Koronavirusga chalingan odamdan virus yuqmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 qoida


Foto: Cosmopolitan
Koronavirus aniqlangan odam bilan bir uyda yashaydiganlar ushbu tavsiyalarga rioya etib, zararlanishni oldini olishga erishishlari mumkin.

Virus qanday yuqadi?
Koronavirus odamdan odamga asosan havo tomchi yo‘li orqali yuqadi. Aynan shu sabab ham ikki metr masofa saqlash muhim sanaladi. Zararlangan yuza (burnini qo‘li bilan tegingan keyin esa eshikni ochgan odamning ketidan eshik dastagini ushlash)ga qo‘l tekkizib keyin ko‘z yoki burunga teginish orqali ham kasallanish mumkin.

Qanday qilib yuqtirmaslik mumkin?
Masofa saqlang

Asosiy qoida — bemor bilan bir joyda bo‘lsangiz, unga yordam berish jarayonida ham masofa saqlashga harakat qiling. Iloji boricha uzoqroq turing va bemor odam tegingan narsalarga teginmaslikka harakat qiling. Imkoni bo‘lsa boshqa xonaga ko‘chib o‘ting va boshqa vanna va hojatxonadan foydalanishga harakat qiling.

Xonani shamollatib turing
Toza va musaffo havo nafaqat xasta, balki sog‘lom odam uchun ham juda zarur. Kimdir yo‘talsa va aksirsa, virus boshqalarni zararlamasligi uchun xonani shamollatishni unutmang. Havo aylanish jarayoni tezlashishi uchun esa ventilatorni biroz muddatga past qilib yoqib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Alohida buyumlardan foydalaning
Bemorning sochiqlari buyum va choyshablari alohida bo‘lishiga e’tibor qarating. Xasta odamning narsalariga faqatgina qo‘lqop kiygan holda tegining. Narsalarni issiq suvda, idishlarni har ishlatilganidan keyin yuving. Kasallangan odam bilan bir uyda bo‘lsangiz, kiyimlaringizni tez-tez yuvib turing. Bir martalik tibbiyot xalatidan bir nechta xarid qilib, ularni har safar bemorning oldiga kirishdan avval kiying.

Qo‘llaringizni yuving va niqob taqing
Qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuving, kasal bilan kontaktda bo‘lganda niqob taqishni unutmang. Yonidan chiqqandan keyin qo‘llarni qayta yuvishni yoddan chiqarmang. Shuningdek, uydagi eshik dastaklari, shkaf, muzlatkich va boshqa joylarning ustini dezinfeksiyalovchi vosita bilan artishni unutmang.

Nazorat qilishni unutmang
Virus bilan zararlangan odam shifokor yozib bergan dorilarni o‘z vaqtida qabul qilishiga e’tibor bering va nazorat qilib turing. Bemorning tana harorati yuqori bo‘lsa va nafas olishi qiyinlashsa zudlik bilan tez yordamga murojaat qiling. Ushbu qoidalarga kamida 14 kun (bemor o‘zini yaxshi his qilgan taqdirda ham) davomida rioya qilish kerak. Chunki simptomlarning kuzatilmasligi, virus yo‘qolganini bildirmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusga chalingan odamdan virus yuqmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 qoida