Liviya portida Rossiyaning «Merkuriy» harbiy kemasida kuchli portlash yuz berdi (video)

1 daqiqa o'qish3
Liviya portida Rossiyaning «Merkuriy» harbiy kemasida kuchli portlash yuz berdi (video)

Liviyaning Beng‘ozi shahri portida Rossiya harbiy-dengiz kuchlariga tegishli «Merkuriy» raketa korvetida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kema yong‘in ichida qolgan va jiddiy shikastlangan. Hodisa 22 noyabr kuni yuz bergan.

Bu haqda Naval News nashri o‘z manbalari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, portlashdan so‘ng kemada kuchli yong‘in boshlangan. Harbiy-dengiz kuchlari bo‘yicha tahlilchilar korvet deyarli butunlay yo‘q qilinganini bildirmoqda. Biroq uning cho‘kib ketgani yoki yong‘in oqibatida yaroqsiz holga kelgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Liviyaning sharqiy qismidagi hukumat ham Rossiya kemasida portlash sodir bo‘lganini rasman tasdiqladi. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, kema dronlar hujumiga uchragan bo‘lishi mumkin. Reuters agentligi xabar berishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar bor, biroq halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Sharqiy Liviya hukumati Rossiya tomoni bilan birgalikda hodisani tergov qilish boshlanganini ma’lum qilgan. Hozircha hujum uchun mas’uliyatni hech bir tomon o‘z zimmasiga olmagan.

Ma’lum qilinishicha, «Merkuriy» portlashdan bir necha kun oldin Beng‘ozi portiga kelgan. Kema Rossiyaga qaytish yo‘lida yoqilg‘i va zarur zaxiralarni to‘ldirish uchun to‘xtagan. Naval News ma’lumotiga ko‘ra, u Rossiya hukumati bilan bog‘liq kemalar konvoyiga hamrohlik qilgan.

«Merkuriy» 20380-loyihaga mansub «Steregushchiy» toifasidagi raketa korveti hisoblanadi. U Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengiz floti tarkibiga kiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?