Dubayda 2027 yilni kutib olish uchun noodatiy tomosha tayyorlanmoqda

Dubayda 2027 yilni kutib olish tantanalari bu yil o‘zgacha tomosha bilan o‘tadi. Ilk bor dunyoga mashhur Cirque du Soleil sirk artistlari shaharning Yangi yil bayrami dasturida ishtirok etadi. Tomosha 31 dekabr kuni Burj Xalifa va Dubay favvorasi atrofida tashkil etiladi.
Bu haqda Dubaydagi yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi Emaar ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Cirque du Soleil artistlari maxsus tayyorlangan jonli sahna tomoshasida qatnashadi. Unda akrobatik chiqishlar, musiqa va ulkan vizual effektlar uyg‘unlashadi. Tomosha Burj Xalifa, Dubay favvorasi va shahar osmono‘par binolari fonida namoyish etiladi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, maxsus dasturda 100 nafar artist ishtirok etadi. Tomosha yarim tunga yaqin boshlanib, yangi yil kirib kelishiga bag‘ishlangan sanoq bilan davom etadi.
Yangi yil kirib kelishi bilan esa Burj Xalifa atrofida mushakbozlik, dronlar namoyishi, yorug‘lik va proyeksiya shoulari tashkil etiladi. Emaar bu yilgi mushakbozlikda ham takomillashtirilgan texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Bayramni tomosha qilish uchun Burj Park hududida maxsus pulli joylar ham tashkil etiladi. Chipta narxlari va sotuv boshlanish sanasi hozircha e’lon qilinmagan. Shu bilan birga, shahar markazida bepul tomosha qilish mumkin bo‘lgan hududlar ham ajratiladi.
Ma’lumot uchun, Emaar NYE 2027 tadbiri 2026 yil 31 dekabr kuni o‘tkazilib, Dubayda yangi — 2027 yilni kutib olishga bag‘ishlanadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…