19:18 / 12.05.2021
2 721

Karamning qanday foydali xususiyatlari bor?


Foto: Freepik
Barchaga bolaligidan yaxshi ma’lum bo‘lgan karam tarkibida deyarli barcha vitaminlar, hatto oshqozon uchun muhim bo‘lgan U vitamini, fitonsidlar, fermentlar hamda mineral moddalar mujassam.

Ushbu mahsulot organizmdagi deyarli barcha tizimlar salomatligi va faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan tabiiy antioksidant C vitamining koni hisoblanadi. Organizmdan toksinlarni chiqaradi, hujayralarni shikastlanishdan saqlaydi va immunitetni mustahkamlaydi.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, C vitamini organizmda terining tarangligi, sog‘lomligi va tiniqligiga javob beradigan kollagen ishlab chiqarilishini tezlashtiradi. Antioksidantlik xususiyatiga ega ekani hisobiga C vitamin organizmda yallig‘lanish jarayonining kelib chiqishi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Karam ko‘rish qobiliyatining susayishi va katarakta xavfini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan karotinoidlar — lyutein va zeaksantinning koni sanaladi. Kechasi ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi A vitamin tanqisligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Karamda esa organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotin bisyor bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar
Tarkibidagi kaliy, kalsiy va magniy kognitiv qobiliyatni yaxshilaydi, yurak mushaklarini mustahkamlab, qon bosimini me’yorlashtiradi. Kempferol esa yallig‘lanishni bartaraf qilib, allergik reaksiyalarning oldini oladi.

Parhez mahsuloti hisoblangan karamning 100 grammida 30 kkal bo‘lgani sabab ham shifokorlar vazn tashlamoqchi bo‘lganlarga ushbu mahsulotni ratsionga kiritishni tavsiya qiladi. Bir qancha foydali xususiyatlariga qaramay, karamning xomi qorinni shishirishi mumkin. Termik ishlov berilganda esa shishishga hissa qo‘shadigan hujayralar parchalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Karamning qanday foydali xususiyatlari bor?