19:53 / 06.06.2021
2 730

Tomirlar issiqni yoqtirmaydi


Foto: «Vichivisam.ru»
Uzoq salqindan so‘ng birdan isib ketish – tomirlar uchun haqiqiy stress. Asorat qolmasligi uchun gipertoniya va yurak kasalliklaridan qiynalayotganlar nima qilishi kerak?

Jaziramaning birinchi xavfli to‘lqini
Ayniqsa, yozda jaziramaning keskin to‘lqinlari xatarli. Bu havo harorati besh va undan ortiq kunlar davomida 29°C darajadan yuqori bo‘lishi. Ustiga-ustak, issiqning birinchi to‘lqini eng xavflisi hisoblanadi. Tayyorlanmagan organizm unga moslashishga ulgurmaydi, shu bois infarkt, og‘ir aritmiya xurujlari va yurak yetishmovchiligi zo‘rayishi ko‘payadi.

Dorilardan ta’tilga chiqing
Jazirama boshlanishi ko‘pincha muolajani tuzatishni talab qiladi. Bunga nafaqat gipertonik kriz yoki yurak yetishmovchiligi chuqurlashishi, balki hol-ahvolning yaxshilanishi ham xizmat qilishi mumkin: qon bosimi pasayishi va yurak xurujlari chastotasi kamayishi. Biroq yozda dorilardan ta’tilga chiqish kerakligini anglatmaydi. Preparatlarni va ularning miqdorini faqat davolovchi shifokor o‘zgartirishi mumkin.

Ko‘pgina bemorlarda yozda gipertoniyaning kechishi chindan ham yumshaydi. Biroq! Havo harorati 28°C darajadan ortiq bo‘lganda yuqori va pastki qon bosimi pasayadi. Tana uzoq vaqt qiziganda ikkinchi faza boshlanadi. Yuqori qon bosimi ko‘tarila boshlaydi, pastki qon bosisi esa pastligicha qolaveradi. Natijada pulsli bosim ko‘tariladi. Bu tomirlar uchun xavfli va hatto infarkt va insultlarni keltirib chiqarishi ham hech gap emas. Goh u, goh bu tomonga keskin o‘zgarish kriz deb ataladi. Buning oldini olish uchun hol-ahvolni nazorat qilish kerak. Muntazam qon bosimini o‘lchash orqali gipertoniya xurujini nazorat qilish hamda qon bosimining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin.

Sovitishda me’yorni unutmang
Issiqda ishlasangiz, muntazam yuz, qo‘l va oyoqlarni sovitib turing. Ho‘l sovuq sochiq bilan arting, sovuq kompresslar qiling, salqin dush qabul qiling. Sovuq vannaga butunlay yotib olmang – bunday stress tomirlar spazmiga olib kelishi mumkin.

Hol-ahvolingiz nimani va qanday ichishingizga bog‘liq. Ziddiyatning oldini olish uchun hatto chanqoqni his qilmaganda ham, har 15 – 30 daqiqada oz-ozdan oddiy suv iching. O‘z organizmingiz suvsizlanishini nazorat qilishga o‘rganing. 1 kg vazn yo‘qotganingizni ko‘rdingizmi – demak, ko‘proq suv ichish kerak.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tomirlar issiqni yoqtirmaydi