Qay biri xavfli: megapolisda yashashmi yoki chekish?

2 daqiqa o'qish2.2K
Qay biri xavfli: megapolisda yashashmi yoki chekish?
Foto: MMG
Quyida o‘pka saratoni xavfini qanday kamaytirish va qanday alomatlarga e’tibor berish kerakligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Chindan ham chekish o‘pka saratoniga sabab bo‘ladimi?
Ha, bu asosiy va eng muhim xavf omilidir. 20 yildan ko‘proq vaqt davomida kuniga bitta quti tamaki chekadigan insonlarda chekmaydiganlarga qaraganda o‘pka saratoniga chalinish xavfi 8-10 baravar yuqori. Ammo ishi asbest, chang, kimyoviy birikmalar, benzol, anilin bo‘yoqlari va nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan odamlarda ham mazkur xavf omili mavjud.

O‘pka saratonining oldini olish usullari bormi?
Asosiy profilaktika usuli chekishni tashlash va sog‘lom turmush tarzidir. Sport zal, toza havoda sayr qilish, vitamin komplekslarini kiritish bilan ovqatlanish, sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qilish sinovdan o‘tgan usullardan hisoblanadi.

O‘pka saratonining asosiy belgilari:
  • yo‘tal;
  • qon aralash balg‘am;
  • nafas yetishmovchiligi;
  • ko‘krak qafasda og‘riq.
Agar biror kishi 20 yil davomida chekkan bo‘lsa va bugungi kunda uni tashlashga qaror qilsa, u saraton xavfini kamaytira oladimi?
Ha mumkin. Ammo agar kishi 20 yil davomida kuniga bir qutidan chekkan bo‘lsa, demak, tamaki to‘xtatilgandan 3-4 yil o‘tibgina xatar kamayishi mumkin. Faqat 20 yildan keyin xavf umumiy guruhdagi ko‘rsatkichlarga qaytadi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, chekish boshqa tizimlarga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun odam chekishni tashlaganda, ko‘plab funksional ko‘rsatkichlar yaxshilanadi. Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari, ateroskleroz va koronar patologiyalarning rivojlanish xavfi kamayadi.

Ko‘pincha o‘pka saratoniga keksa yoshda chalinish haqiqatmi?
Kasallanishning eng yuqori darajasi oltmish yoshdan oshgan odamlar guruhida uchraydi. Ammo bemorlarning taxminan 40 foizi 45-60 yoshgacha o‘pka saratoniga chalinadi.

O‘pka uchun ko‘proq zararli narsa: chekish yoki megapolisda yashashmi?
Albatta chekish. Tamaki tutunida 40 dan ortiq kanserogen moddalar mavjud. Megapolisdagi hayotga kelsak, albatta, bu qo‘shimcha xavf omilidir, chunki u chang, ba’zi hududlarda ekologik muammosi, shuningdek, bo‘yoq va boshqa toksinlarning yuqori miqdori, chiqindi gazlarsiz bo‘lmaydi. Albatta, megapolislar xavfni oshiradi, ammo chekish kabi sezilarli darajada emas. Va bu ikki omilning kombinatsiyasi o‘pka saratoniga chalinish xavfini 10 martadan ko‘proq oshiradi.

Tamakini kam miqdorda chekish odatdagi chekish kabi zararli emasmi?
Zararli emas, ammo bu qo‘shimcha xavf omilidir. Chekadigan oilalarda chekmaydigan turmush o‘rtog‘i yoki aksincha bo‘lsa,  o‘pka saratoniga chalinish xavfi 4-5 baravar yuqori.

Elektron sigaretalar va veyplarning zarari odatdagi tamakilarning zarari bilan taqqoslanadimi?
U biroz boshqacha. So‘nggi paytlarda sigaret chekadigan bemorlarda pnevmoniya va og‘ir pnevmoniya xavfi oddiy odamlarga qaraganda ancha yuqori ekanligini ko‘rsatadigan maqolalar chop etilmoqda. Shuning uchun boshqa xavf omillari mavjud, ammo ularni kamaytirish mumkin emas. Va agar biz o‘pka saratonini rivojlanish xavfi haqida gap ketarkan, yaqin kelajakda olib boriladigan tadqiqotlar davomida elektron sigaretalar va veyplarni chekishning bevosita xavfli tomonlari haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?