11:00 / 17.06.2021
2 405

Kattalarda uchraydigan ko‘kyo‘talning dastlabki 6 alomati


Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘kyo‘tal — xavfli bakterial infeksiya bo‘lib, u asosan bolalar kasalligi hisoblanadi. Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining ogohlantirishicha, so‘nggi 10 yil ichida kattalarning ko‘kyo‘tal bilan kasallanishi ikki baravarga oshgan. Agar emlanmagan holda (4 va 14 yoshda, keyin har 10 yilda bir marta) ko‘kyo‘tal bo‘lgan odam bilan kontaktda bo‘lsangiz, kasallikni yuqtirishingiz ehtimoli katta.

Ko‘kyo‘tal o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan juda xavfli kasallikdir. Quyida kattalarda uchraydigan ko‘kyo‘talning asosiy alomatlari bilan tanishing. O‘zingizda yoki yaqinlaringizda ushbu belgilarning birortasini sezsangiz, darhol shifokor bilan maslahatlashing.

Xirrilagan yo‘tal
Ko‘kyo‘tal bilan og‘rigan bemorlarning hammasida ham bunday alomat mavjud bo‘lavermaydi, lekin aksariyat hollarda shunday yo‘tal kuzatiladi: yo‘tal xurujidan so‘ng bemor o‘tkir xirillagan ovoz chiqaradi. Bunday hollarda darhol shifokorga murojaat qiling.

Nafas tiqiladigan yo‘tal xuruji
Uzoq muddatli yo‘tal boshqa nafas olish kasalliklarining alomati bo‘lishi mumkin, ammo bu ko‘pincha ko‘kyo‘tal bilan bog‘liq. Bundan tashqari, agar boshqa alomatlar ham kuzatilsa, ko‘kyo‘tal bilan kasallanganlikning ehtimoli katta.

Yo‘talgandan keyin qayt qilish
Bu kasallikning so‘nggi bosqichi uchun odatiy holdir (birinchi alomatlar paydo bo‘lganidan 7-10 kun o‘tgach): yo‘tal xurujlari shunchalik kuchayadiki, oxir-oqibat qayt qilish bilan tugaydi. Bu bemorga shoshilinch tibbiy yordam kerakligini ko‘rsatadigan belgi hisoblanadi.

Juda quyuq balg‘am
Ko‘kyo‘talning yana bir alomati bu quyuq balg‘am bo‘lib, uning ajralib chiqishi qiyin bo‘ladi. Agar yo‘talganda juda quyuq, yopishqoq balg‘am ajralib chiqqanini sezsangiz, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling.

Nafas bo‘g‘ilishi
Kasallikning eng keng tarqalgan belgilaridan biri bu — yo‘taldan keyin astma xurujidir. Ba’zi bemorlarda bu yo‘talsiz ham paydo bo‘lishi mumkin: nafas olish qiyinlashadi, yuz ko‘karadi. Ammo bunday paytlarda bemor havodan deyarli nafas ololmaydi va tomog‘ini qo‘llari bilan ushlab, og‘zi bilan havo yutishga harakat qiladi.

Ozib ketish
Har qanday kasallik organizmni charchatadi va bunday hollarda zaiflik odatiy alomatdir. Ammo haqiqiy charchoqni his qilsangiz, bu ham ko‘kyo‘talning dastlabki alomati bo‘lishi mumkinligini yoddan chiqarmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kattalarda uchraydigan ko‘kyo‘talning dastlabki 6 alomati