2 645
K vitamini: uning yetishmasligi va ko‘payib ketishi qanday oqibatlarga olib keladi?
K vitamini suyaklar shakllanishida ishtirok etadigan oqsil ishlab chiqishga yordam beradi. Uning yetishmasligi ko‘p qon yo‘qotishga, ko‘payib ketishi esa tromboz paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Organizm uchun vitaminning yana qanday foydali jihatlari bor, qaysi mahsulotlar tarkibida ko‘p uchraydi va uni qo‘llashda qanday ko‘rsatmalar kerak? Quyidagi maqola orqali mazkur vitamin haqida batafsil bilib olasiz.
K vitamini
K vitaminisiz mustahkam immunitetga ega bo‘lish qiyin: ushbu modda teri va suyaklarni mustahkamlaydi, buyraklarni himoya qiladi va qon aylanishiga yordam beradi. Bu yog‘da eriydigan vitamin bo‘lib, naftoxinon halqasi va alifatik yon zanjirdan iborat va ishqoriy muhitda hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida parchalanadi. Organizm uchun kalsiy o‘zlashtirish va uning D2 hamda D3 (ergokalsiferol va xolikalsiferol bilan) vitaminlari bilan o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanishi uchun zarur.
K vitamini strukturaviy birikma sifatida C31H46O2 shaklida tasvirlangan.
Vitaminning ikkita tabiiy shakli bor:
-K1 — filloxinon (4-naftoxinon va 2-metil-1) Bu suvda erimaydigan va etil spirti, benzol, xloroform, diyetil efirda eriydigan yopishqoq sariq suyuqlik. Birikma murakkab infraqizil nurlanishga sezgir emas, lekin ultrabinafsha nurlanish ta’sirida parchalanadi. O‘simliklarning yashil qismida mavjud.
- K2 — menaxinon (2-metil-3-difarnezil-1,4-naftoxinon) ultrabinafsha nurlarini yuta oladigan kristall sariq kukunga o‘xshaydi. U yo‘g‘on ichakda yashovchi bakteriyalar tomonidan sintezlanadi. Mol go‘shti jigari, sariyog‘ va h.k. kabi hayvonlardan olingan oziq-ovqat bilan birga organizmga kiradi.
“Qiziq jihati shundaki, organizmda K1ning K2 ga yoki aksincha K2ning K1 ga oqib chiqishi mumkin. Shu bilan birga ikkala shakl ham suyak va biriktiruvchi to‘qimalarda metabolizmga ta’sir qiladi”, deydi gastroentereolog, diyetolog, Yekaterina Garelina RIA Novostiga bergan intervyusida.
“K1 va K2 vitaminlari kalsiyning suyak va biriktiruvchi to‘qimalarga, miya, yurak, jigarga o‘tishi va to‘g‘ri taqsimlanishiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, ular qonning normal ivishi uchun zarur bo‘lgan protrombin oqsilini ishlab chiqarishni yaxshilaydi, arteriyalarda kalsiyning to‘planishini oldini olib shu bilan ateroskleroz kelib chiqishi ehtimolini kamaytiradi”, deya tushuntirdi mutaxassis.
Shuningdek, uchinchi sintetik shakl - K3 yoki menadion (2-metilnaftalin-1,4-dion)- tabiiy K vitaminining sun’iy analogi ham bor. U, masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi gemorragik kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan va ko‘rsatmalarga asosan qo‘llaniladi.
Ma’lumot o‘rnida:
Bunday vitaminning mavjudligi haqida ma’lumotlar uy parrandalariga o‘tkazilgan tajribalar sabab ma’lum bo‘lgan. 1929 yili daniyalik olim Xenrik Dam jo‘jalar ratsionida xolesterin yetishmasligi qanday oqibatlarga olib kelishini o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, don va boshqa o‘simliklarni iste’mol qilmaslik mushaklarda teri osti va boshqa to‘qimalarda qon ketishini keltirib chiqaradi. Ratsionga tozalangan xolesterinni kiritish ham yordam bermaydi- patologik holat saqlanib qoladi.
O‘rganishlar davomida olim qon ivishini yaxshilaydigan moddalar guruhlarini ajratib oladi. Bu organik birikmalar K vitamini yoki koagulyatsiya vitamini (Koagulationsvitamin) nomini oldi. Ushbu izlanish tufayli olim 1943 yili Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Olimning bu tadqiqoti birikmani yanada chuqurroq o‘rganishga turtki bo‘ldi. Natijada, 1939 yilda K vitamining ikki turi borligi ma’lum bo‘ldi. Birinchisi filloxinon yoki K1 turini- shveysariyalik Paul Karrer beda o‘simligida topgan bo‘lsa, ikkinchisi menaxinon yoki K turini- amerialik olimlar Doyzi va Binkley chirigan baliq unidan topgan.
Inson salomatligi uchun vitaminning ikki turi ham zarur.
Organizm uchun ahamiyati
K vitaminining asosiy biologik vazifasi- qon aylanishi to‘la ta’minlash: vitamin koagulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan o‘n uchta oqsildan to‘rttasini ishlab chiqaradi. Ushbu ozuqa moddasi tufayli yarani “yopib qo‘yadigan” va qon tomirlari shikastlanganda qon yo‘qotilishidan saqlaydigan quyqa hosil bo‘ladi.
“Vitamin qon ketishini oldini oladi, - deydi mutaxassis, - suyak to‘qimasini eritadigan, uni yo‘q qiladigan osteoklastlarga ta’sir qiladi. Natijada, suyak to‘qimalarining ortiqcha demineralizatsiya (buzilishini) oldini olgan holda eski hujayralar o‘limi va yangi hujayralar paydo bo‘lishi o‘rtasida muvozanat bo‘ladi”.
Skelet va qon aylanishiga ta’sir K vitamini qila oladigan yagona foydali ish emas.
K vitaminining organizmdagi vazifalari:
to‘qimalar va organlar o‘rtasida ozuqa moddalarini olib yuruvchi transport oqsillarini shakllantirishda ishtirok etadi;
kalsiy va D vitamini o‘zaro ta’sirida vositachilik qiladi;
suyaklar, kemirchak to‘qima tuzilishi va o‘sishiga ta’sir qiladi,
shakar miqdorini muvozanalashtirib turadi;
kislorod ochligida vitamin anaerob nafas olishda ishtirok etadi;
jigar hujayralarini yo‘q qiladigan toksinlar (xususan, kumarin)ga qarshi ta’sir qiladi;
buyraklar faoliyatini yaxshilaydi, tosh paydo bo‘lishi oldini oladi;
mushak spazmlari, bachadon qisqarishi uchun tabiiy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi;
qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.
Homilador ayollar uchun
Homilador ayollarga K vitamini qon ketishini oldini olishda va bolaning suyak va mushak to‘qimalari to‘g‘ri shakllanishida, va kuch-quvvatni tiklashda tavsiya etiladi. Muhimi shundaki, ushbu ozuqaviy moddani faqat me’yorda istemol qilish lozim, aksincha bu nafaqat ona salomatligiga, balki bola sog‘lig‘iga ham zarar keltirishi mumkin, deydi vrach –gastroentereolog, nutritsiolog Yekaterina Garelina.
“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda K vitaminining ko‘p bo‘lishi gemolitik sindromning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, undan so‘ng esa sariq kasalligi kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun homiladorlikning oxirgi uch oyida organizm qabul qiladigan ozuqa miqdorini qat’iy nazorat qilish kerak”, - deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Iste’mol qilish me’yorlari
Yevropa oziq-ovqat qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, kunlik normani hisoblash uchun 1: 1 nisbatdan foydalanish kerak, ya’ni 1 kg vazn uchun 1 mkg. Biroq, aniqroq hisob-kitoblar har doim individual va yosh, jins, vazn va anamnezaga bog‘liq. Rossiyada Rospotrebnadzor tavsiyasiga ko‘ra, kattalar uchun kuniga K vitamini normasi 120 mkg, Shveysariya va Avstriyada bu ko‘rsatkich pastroq ya’ni ayollar uchun 60 mkg va erkaklar uchun 70 mkg bo‘lishi kerak.
Vitamin tanqisligi
K vitamini har kuni oziq-ovqat bilan birga organizmga kiradi. Oziq moddalarning bir qismi mikrofloraning faolligi tufayli ichaklarda ishlab chiqariladi. Oddiy ovqatlanish bilan kattalar kuniga 50 dan 250 mkg gacha K vitamini oladi, bu me’yorga mos keladi.
“Kattalarda K vitamini yetishmovchiligi kam uchraydi, chunki biz odatda iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarda ko‘p miqdorda K1 vitamini mavjud. K2 vitamini organizm tomonidan o‘z-o‘zidan ishlab chiqariladi. Ba’zi dori-darmonlarni, asosan antikoagulyantlarni qabul qilish ozuqa moddalarining normal so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin”, - deydi mutaxassis.
Vitamin yetishmasligining asosiy sabablari:
antibiotiklar va sulfanilamidlar, yurak og‘rig‘ini yengillashtiradigan dorilarni qabul qilish;
parhez vaqti yog‘ etishmasligi;
oshqozon-ichak traktining patologiyasi;
toksinlar bilan zaharlanish;
kimyoterapiya kurslari;
oshqozon osti bezining ekzokrin funksiyasining noto‘g‘ri ishlashi, unda yog‘larning parchalanishida ishtirok etuvchi ferment - lipaza ishlab chiqarilishi buziladi;
jigar faoliyatini ishdan chiqaradigan kasalliklar (sirroz, gepatit);
ingichka ichakning bir qismi rezeksiya qilinishi;
antikoagulyantlar qabul qilish – tromblar paydo bo‘lishiga hamda gemostazga qarshi “suyultiradigan” preparatlar qabul qilish.
Organizmda K vitamini yetishmasligining birinchi belgilari burun va oshqozondan qon ketishi, teri osti va intradermal qon ketishi shaklida namoyon bo‘ladigan gemorragik sindromdir. Vitamin yetishmovchiligi gipovitaminozga, ya’ni charchoq kuchayishi, ishtaha yo‘qolishi, uyqu yetishmasligiga olib keladi.
“Yengil shikastlanishda ham kuchli qon ketishi, tez ko‘karishlar paydo bo‘lgan odamlarda vitamin yetishmasligi seziladi, -deb tushuntiradi Garelina.- Vitamin yetishmasligi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunga ona sutida K vitamining kam miqdorda ekani va chaqaloqning birinchi kunlarida uning mustaqil ishlab chiqarilmasligi sabab bo‘ladi”.
Vitaminning organizmda ko‘payib ketishi
K vitaminining haddan tashqari dozasi ozuqa moddalarining yaxshi so‘rilishi tufayli juda kam uchraydigan hodisa. Biroq, kundalik ratsionda K1 va K2 dozalarining oshib ketishi bolalarda sariq kasalligi va gemolitik anemiyaga, kattalarda esa ortiqcha terlash, teri allergiyasi va hatto trombozga olib kelishi mumkin.
"K vitaminining ortiqchasi xavfli, chunki qonning yopishqoqligi oshadi va trombozlar paydo bo‘lish ehtimoli ortadi,- deydi ekspert. -Trombozga qo‘shimcha ravishda, qon tomirlari devorlarida kalsiyning ortiqcha cho‘kishi paydo bo‘lishi mumkin va bu yurak-qon-tomir kasalliklari, xususan, ateroskleroz bilan og‘rigan odamlar uchun xavfli”.
K vitaminining ko‘payib ketishi gipervitaminoz deb ataladi, uning asosiy simptomlari:
- anemiya rivojlanishi;
- suyak va bosh og‘rig‘i;
- terida toshmalar, qichishish;
- qon bosimining ko‘tarilishi;
- taloq va jigar hajmining kattalashishi;
- o‘t pufagida tosh paydo bo‘lishi.
Gipervitaminozni davolash uchun K1 ni o‘z ichiga olgan dori-darmonlarni qabul qilishni to‘xtatish va ovqatlanishni nazorat qilish kerak. To‘liq tiklanishgacha ozuqaviy moddalar miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlarni kunlik ratsiondan chiqarish kerak.
Vitaminlar darajasiga nima ta’sir qiladi?
Ovqatlanish va salomatlik organizmdagi K vitamini darajasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar. Oziq-ovqatda qancha ko‘p yog‘lar va ko‘katlar bo‘lsa, shuncha ko‘p ozuqaviy moddalar bo‘ladi. Shunga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish K vitamini yetishmasligiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bir oydan kamroq vaqt ichida yashil sabzavotlarni iste’mol qilmaslik filloxinon miqdorini 50% ga kamaytiradi.
Oziq moddalar darajasining pasayishi ko‘pincha yoshga bog‘liq o‘zgarishlar va surunkali pankreatit, gepatit, sirroz, xoletsistit va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kabi kasalliklarda antikoagulyantlar qabul qilinishi bilan bog‘liq. Qandli diabet va buyrak etishmovchiligi, aksincha, K vitaminining oshishiga olib kelishi mumkin.
K vitaminiga boy oziq-ovqatlar
Iste’mol qilinadigan K vitaminining aksariyati o‘simlik filokinonidir. U yashil o‘simliklar hujayralarining xloroplastlarida mavjud: karam, ismaloq, piyoz, yashil choy, sukkini va h.k kabi. Menaxonin yoki K2, organizmda sintezlanadi va tovuq, jigar, baliq, tuxum kabi hayvon mahsulotlari bilan birga organizmga kiradi.
Vitaminning o‘ziga xos xususiyati mahsulotlarni qayta ishlangandan keyin ham uning yaxshi saqlanishida: muzlash paytida 30% , issiqlik ta’sirida esa 5% dan ko‘p vitamin yo‘qoladi. Shuning uchun nafaqat oziq-ovqat, balki malina, jo‘ka va yovvoyi atirgul barglaridan olingan o‘simlik ichimliklari ham ozuqa zahiralarini to‘ldirishga imkon beradi.
Vitaminning hazm qilinishi
K vitamini organizm tomonidan yaxshi so‘riladi, lekin uni to‘g‘ri iste’mol qilish kerak, deydi Garelina:
“K vitamini tanqisligini oldini olish hamda yaxshi hazm bo‘lishi uchun normal miqdorda yog‘li ovqat iste’mol qilish kerak, yog‘siz ovqatlarni emas”, deb tushuntiradi mutaxassis.
Yog‘, tuxum, go‘sht va pishloq kabi yog‘li mahsulotlar K vitaminining normal so‘rilishiga yordam beradigan o‘t sekretsiyasini yaxshilaydi. Bundan tashqari, tarkibida K vitamini bo‘lmagan kam yog‘li oziq-ovqatlarda tarqalishi uchun javobgar kalsiy miqdori ko‘payadi. U yo‘q bo‘lganda, ortiqcha kalsiy qon tomirlari devorlariga to‘planib, aterosklerozning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Kosmetikada qo‘llanilishi
Mustahkamlovchi va himoya xususiyatlari tufayli K vitamini kosmetologiyada keng qo‘llaniladi. Qon oqimining normallashishi, qon tomirlari devorlarining mustahkamlanishi fitonadionni (dorilarda phylloquinone deb beriladi) yuz, bo‘yin, qo‘l uchun terini parvarish qilish vositalarining muhim tarkibiy qismiga aylantirdi.
Vitamin kosmetologiyada quyidagilar tufayli qo‘llaniladi:
-pigmentlar bilan kurashishda;
-ko‘z ostidagi qora dog‘larni yo‘qotishda;
-kapillyarlarga zarar yetkazilganda;
-gematoma tarqalishida;
-apparatliprotseduralardan so‘ng (masalan, lazerli piling);
-liposaksiya, rinoplastika va boshqa plastik operatsiyalardan keyingireabilitatsiyada.
C vitamini, yallig‘lanishga qarshi dorilar, o‘simlik antioksidantlari, yog‘lar va fosfolipidlar bilan birgalikda ishlatilganda fitonadionning ta’siri sezilarli bo‘ladi.
Boshqa moddalar bilan o‘zaro ta’siri
K vitamini ichaklar tomonidan yaxshi so‘rilsa, qon aylanishini normal darajada saqlaydi. Biroq, bir qator dorilar biokimyoviy reaksiyalarni buzadi, bu esa birikmalar to‘qnashuviga olib keladi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, boshqa dorilar bilan vakolatli kombinatsiya ozuqa moddasining samarali ishlashining garovi.
“Antibiotiklar va salitsilatlar (yallig‘lanishga qarshi dori sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan moddalar. - tahr.) qabul qilishda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki ular ichaklarda K vitamini shakllanishiga putur etkazadi. Bu dorilarni shifokor retseptisiz qabul qilish xavfli”, - deydi gastroenterolog Yekaterina Garelina.
Vitaminning organizmga moslashuvi:
- Kalsiy miqdori yuqori bo‘lgan preparatlar K vitaminining so‘rilishi va hazm qilinishiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va ichki qon ketishini qo‘zg‘atishi mumkin.
- Tetrasiklinni qabul qilish vitaminning organizmdan chiqishini tezlashtiradi.
- Spirtli va gazliichimliklar, konservantlar K vitamini darajasini ikki baravar kamaytiradi.
- Oziq moddalarning steroid gormonlar bilan kombinatsiyasi ikkinchisining ta’sirini kuchaytiradi.
- Bilvosita antikoagulyantlar K vitamini sinteziga to‘sqinlik qiladi.
- Katta miqdordagi beta-karotinni (antioksidant) olib tashlash orqali K vitamini qon ketishini oldini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi