17:26 / 21.07.2022
1 267

Markaziy Osiyo davlatlari Gruziyadan G‘arbga muqobil yo‘lak sifatida foydalanmoqchi

Markaziy Osiyo davlatlari Gruziyadan G‘arbga muqobil yo‘lak sifatida foydalanmoqchi
Foto: Infotrans
Tez orada Gruziya va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi, turkman yuklari Gruziya temir yo‘li va portlari yordamida G‘arbga tashiladi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.

Gruziya bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashviliga ko‘ra, transport sohasida hamkorlik bo‘yicha Gruziya-Turkmaniston kelishuvi imzolangan.

«Kimyo ishlab chiqarish rivojlangan» Turkmaniston G‘arbga o‘g‘itlar eksport qilish uchun Gruziya transport-logistika infratuzilmasidan foydalanishdan manfaatdor.

Davitashvilining so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Kavkaz yo‘lagi bo‘ylab Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizdagi Poti va Batumi portlari orqali Yevropa Qora dengiz portlariga bir necha million tonna qo‘shimcha yuk haqida gap ketmoqda.

- Bundan tashqari, neft va neft mahsulotlarini tashish bo‘yicha kelishuv mavjud, - dedi vazir.

Bir kun avval — 19 iyulda bosh vazir Garibashvili O‘zbekistonga tashrif buyurdi va an’anaviy o‘zbek tovarlari tranziti uchun Janubiy Kavkaz yo‘lagidan foydalanish bo‘yicha ham shunday kelishuvga erishildi.

Ukrainadagi urush tufayli Rossiya orqali o‘tadigan transport yo‘llari muammoga aylanganidan keyin Markaziy Osiyo davlatlari ushbu yo‘lakdan foydalanishga majbur bo‘ldi.

So‘nggi olti-sakkiz hafta ichida «Gruziya temir yo‘li» bir necha yil ichida birinchi marta Qozog‘iston nefti va boshqa Markaziy Osiyo davlatlaridan yuk tashish hisobiga daromad keltirdi.

Gruziya—Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida yuk mashinalarining ko‘p kilometrlik navbatlari paydo bo‘lgan.

Markaziy Osiyodan jo‘nab ketayotgan yuk mashinalarining bir qismi Gruziya chegarasini kesib o‘tish uchun bir necha hafta kutishga to‘g‘ri keladi va Janubiy yo‘lak bo‘ylab Turkiyaga, u yerdan Yevropaga yo‘l oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy Osiyo davlatlari Gruziyadan G‘arbga muqobil yo‘lak sifatida foydalanmoqchi