09:53 / 01.12.2022
1 012

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan tovar ayirboshlashni kengaytiradi

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan tovar ayirboshlashni kengaytiradi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov O‘zbekiston—Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengashining 26-yig‘ilishida ishtirok etish doirasida mamlakatga tashrif buyurgan Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi savdo bo‘yicha komissari Kenan Poleo hamda Xalqaro savdo vazirligi bosh direktori Endryu Mitchell bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirishning holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. O‘zaro tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Britaniya sarmoyalari va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga tayyorlik bildirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan tovar ayirboshlashni kengaytiradi