86
Sherzod Kudbiyev: “AAA” reytingdagi tadbirkorlarga soliq tekshiruvi o‘tkazish buyrug‘i shakllantirilmaydi”
Foto: Soliq qo‘mitasi
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “AAA” toifaga ega bo‘lgan korxonalarga soliq tekshiruvi o‘tkazish buyrug‘i shakllantirilmaydi. Bu haqda 13 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo”.
O‘zbekistonda joriy yil 1 fevraldan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Reyting doirasida korxonalar to‘rtta toifaga ajratilmoqda. Ulardan “AAA”, “AA” va “A” toifalariga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingidan joy oladi va rag‘batlantiriladi. Xususan, “AAA” toifasidagi tadbirkorlik subyektlari soliq tekshiruvlaridan ozod etiladi.
Sherzod Kudbiyevning aytishicha, yaqin kunlarda yangi tizim to‘liq shaklda ishga tushiriladi.
“Shu haftaning oxirigacha shunday qilamizki, “AAA” reytingdagi tadbirkorlarga nisbatan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq shakllantirilmaydi. Buyruq ham bizning tizim ichidan chiqadi-ku. Na kameral, na sayyor soliq tekshiruviga, na soliq auditiga xabarnoma ham, buyruq ham shakllanmaydi”, — dedi qo‘mita rahbari.
Ma’lumot uchun, “AAA” toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasini bir kun muddatda, tekshiruvchilarsiz qaytarib beriladi. Shuningdek, boshqa soliqlardan ortiqcha to‘lov summasi 3 kun ichida qaytariladi. Ularga boshqa yana bir qator imtiyozlar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”