Buyuk Britaniya fermalarida Starlink interneti sinovdan oʻtkaziladi

Buyuk Britaniya fermalarida Starlink interneti sinovdan oʻtkaziladi

Buyuk Britaniyaning Linkolnshir grafligi maʼmuriyati optik tolali tarmoqlar yetib bormagan olis hududlardagi qishloq xoʻjaligi obyektlarida Starlink sunʼiy yoʻldosh internetini oʻrnatishni rejalashtirmoqda. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, mazkur loyiha zamonaviy agrosanoat majmualarida yuqori tezlikdagi aloqaning oʻrnini aniqlash hamda olis hududlardagi infratuzilma muammolarini hal qilishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozirgi kunda agrar sektorda barqaror internet shunchaki qulaylik emas, balki kundalik zaruratga aylangan. Buxgalteriya hisobi, elektron hujjat almashinuv jarayonlari, ferm xoʻjaliklarini boshqarish hamda chorva mollarini monitoring qilish kabi ishlarning barchasi internet tarmogʻiga bevosita bogʻliq.

Olis hududlar uchun raqamli yechim

Maʼmuriyatga qarashli boʻlgan va qariyb 16 500 akr maydonni egallovchi qishloq xoʻjaligi mulkida jami 149 ta ijara uchastkasi mavjud. Aynan mana shu geografik jihatdan noqulay va olis obyektlarda sunʼiy yoʻldosh orqali keng polosali ulanish imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Mazkur tashabbus hududiy qishloq xoʻjaligi forumi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar ushbu texnologiya orqali tarmoq tortish imkoni boʻlmagan hududlardagi fermerlarga ham zamonaviy sharoitlar yaratib berilishiga umid bildirishmoqda.

Sinov loyihasi doirasida maxsus uskunalar oʻrnatib berilgach, tajribada qatnashayotgan fermerlar Starlink xizmatiga oʻzlari mustaqil ravishda obuna rasmiylashtirishlari lozim boʻladi. Bu esa ularga uzoq muddatda raqamli xizmatlardan uzluksiz foydalanish imkonini taqdim etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar