20:37 / 10.11.2016
8 386

O‘zbekistonda Rossiya avtomobillari savdo hajmi 4 marta oshdi

O‘zbekistonda Rossiya avtomobillari savdo hajmi 4 marta oshdi

2016 yil boshidan beri Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarni eksport qilish hajmi 2 martaga o‘sgan. Bu haqda «Kun.uz» sayti yozmoqda.

Xususan, O‘zbekistonda Rossiya avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqilgan 1,6 ming yengil mashina sotilgan. Bu o‘tgan yilgi raqamlardan 4 marta ko‘p demakdir. Germaniyada 3,3 ming dona Rossiya mashinasi o‘z xaridorlarini topgan. Bu esa, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 11 barobar ko‘pdir. Nashrning yozishicha, Ukrainada jami 2,6 mingta Rossiyada ishlab chiqilgan avtomobillar xarid qilingan.

Bundan tashqari, Rossiya avtomobillari Misr, (2 ming) Latviya (1,7 ming) va Livanga (1,4 ming) ham eksport qilingan. Vengriya va Xitoyda jami 1,2 ming Rossiya mashinasi sotib olingan.

Umuman, 2016 yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida Rossiya avtosanoatining 19,2 ming dona mahsuloti xorijiy davlatlarga etkazib berilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 9,1 mingni tashkil etgan edi.

«Avtostat» ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ishlab chiqilgan «Lada», «Volkswagen» va «Hyundai» modellariga ko‘proq talab bo‘lgan. «Toyota», «Chevrolet», «UAZ», «Renault» va «Nissan» kompaniyalarining Rossiyadagi zavodlari mahsulotlariga qiziqish kam bo‘lganligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda Rossiya avtomobillari savdo hajmi 4 marta oshdi