date
views 618

AQSH va O‘zbekiston: muhim qazilmalar bo‘yicha kelishuv amalga oshdi

AQSH va O‘zbekiston: muhim qazilmalar bo‘yicha kelishuv amalga oshdi
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida turli yo‘nalishlarda yangi biznes shartnomalari tuzildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrif buyurib, yirik kompaniyalar, korporatsiyalar va sanoat uyushmalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

7 aprel kuni tog‘-kon, mehmonxona va oziq-ovqat sanoati korxonalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda kompaniyalarga O‘zbekistondagi investitsiya muhiti va qulay biznes sharoitlari taqdim etildi.

Kompaniyalar rahbarlari O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Natijada, foydali qazilmalarni izlash, qazib olish, yuqori bosimli maydalash uskunalari (HPGR) qurilishi, innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, turizm sohasida yangi mehmonxonalar qurilishi loyihalari muhokama qilinib, amalga oshirish muddati belgilandi. Har bir loyiha uchun alohida mas’ul tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil sentabrda ikki davlat o‘rtasida muhim minerallar bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot