Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi

2 daqiqa o'qish489
Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi
Bugun, 30 aprel kuni Urumchi shahrida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Forumda delegatsiyalar rahbarlari so‘zga chiqdi.
Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi
So‘ngi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib, yaxshi munosabat va do‘stlikning yangi modeliga aylanib borayotgani, bunda ayniqsa, Davlatlar Rahbarlari o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik munosabatlar muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, bunday tadbirlar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, o‘zaro hamkorlikning yangi qirralarini ochishga yordam berishi alohida qayd etildi.

Bugungi kunda xitoylik hamkorlar bilan energetika, kimyo, mashinasozlik, tekstil, qurilish materiallari, maishiy texnika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar samarali amalga oshirib kelinmoqda.

So‘ngi yillarda Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi besh barobar, qo‘shma korxonalar soni esa uch barobar oshdi.
Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi
“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida mintaqa mamlakatlari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishiga start berildi.

Ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida O‘zbekiston Sharq va G‘arb o‘rtasidagi yirik logistika xabi sifatida shakllanadi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘z nutqida mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida 250 dan ortiq yirik tadbirkorlar, shuningdek, Andijon, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo, va Surxondaryo viloyatlari rahbarlari hamda vakillari ham Urumchiga tashrif buyurganini bildirib, qatnashchilar e’tiborini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida mamlakatimizda investitsion muhitni yaxshilash va tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasiga qaratdi.
Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi
Ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda yalpi ichki mahsulot hajmi 2 barobar ko‘payib, ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Kelgusi besh yilda ushbu ko‘rsatkichni 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda 70 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘i ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.

Kelgusi 5 yilda “yashil” energiya manbalarining energetikadagi ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston – mineral resurslar va muhim metallarning katta bazasiga ega mamlakatdir.

Mamlakatimizda yiliga 25 million tonna yuqori sifatli meva-sabzavot yetishtirilmoqda. Yiliga 2,5 milliard dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Mamlakatimiz dunyodagi ko‘plab davlatlar bilan imtiyozli savdo tizimiga ega ekani bildirildi.

O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari rahbarlari va vakillari “B2B” shaklda ham muzokaralar olib bordi.

Xitoyga tashrif doirasida Xitoyning “China General Nuclear Power”, “Sichuan Jiuzhou Investment Holding Group”, “Xinjiang Lihua Groupˮ, Xitoy To‘qimachilik mahsulotlari importi va eksporti palatasi, “Shanghai Oriental Credits Industrial Development So., Ltd”, “Longze Investment Group Co., Ltd.”, “Watchman Group PTE. Ltd”, Pekin texnologiyalar universiteti, Elektrotexnika savdo palatasi, Xitoy Charm assotsiatsiyasi singari qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?