date

Shavkat Mirziyoyev BMT-Habitat ijrochi direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev BMT-Habitat ijrochi direktori bilan uchrashdi

Butunjahon urbanizatsiya forumi doirasida 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi o‘rinbosari hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (BMT-Habitat) ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Uchrashuvda shaharlarni barqaror rivojlantirish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish hamda shaharsozlik sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘tgan yili Samarqand iqlim forumi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash, soha bo‘yicha loyihalarni ilgari surish hamda ekspertlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Butunjahon urbanizatsiya forumida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev BMT-Habitat ijrochi direktori bilan uchrashdi