Joriy yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston 7,58 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80,9% ko‘pdir. Shunday qilib, 2025-yilning yarmidayoq 2024-yildagi ko‘rsatkich (7,48 mlrd $) ortda qoldi.
Eksport dinamikasiga ko‘ra: fevralda 1,73 mlrd $, martda 1,84 mlrd $, aprelda 1,91 mlrd $ oltin sotilgan. May oyida 1,01 mlrd $ eksport bo‘ldi. Iyun oyida esa sotuv to‘xtab, aksincha 9 tonna oltin sotib olindi. Iyulda esa eksport 1,09 mlrd $ bo‘ldi.
Umumiy hisobda yil boshidan 18 tonna oltin eksport qilindi. 1-avgust holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari 48,74 mlrd $ni tashkil etdi. Shundan oltin zaxiralari 38,68 mlrd $, valyuta zaxiralari esa 8,48 mlrd $ bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar