Jahon moliya bozorlarida oltin narxlari yana tarixiy rekordni qayd etdi. Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Chikago tovar birjasida (CME) oltin fyucherslari kotirovkalari o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetdi. Bir unsiya oltin uchun baholar $3508 darajasini ko‘rsatdi.
Bu ko‘rsatkich oltin bozorida tarixda ilk bor qayd etilgan eng katta narx bo‘lib, global iqtisodiyotdagi beqarorlik va geosiyosiy vaziyat bilan bog‘liq holatlar natijasi sifatida baholanmoqda. Yil boshidan beri oltin narxi 30 foizdan ziyod o‘sib, investorlar uchun yanada jozibador qimmatbaho aktivga aylandi.
Bloomberg ekspertlarining qayd etishicha, bu o‘sishning asosiy sabablaridan biri AQSH Federal zaxira tizimi (FZT)ga bo‘lgan bosimlarning kuchayishi bilan izohlanadi. Yaqin oylarda FZT asosiy foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqidagi gaplar qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabni keskin oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!