2025 yilning yanvar–avgust oylari davomida O‘zbekistonda umumiy qiymati 86,5 trillion so‘m bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi, deb Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga ko‘p. Bu esa mamlakatimizda oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ichki iste’mol talablari va eksport salohiyatining ortayotgani hududlardagi ishlab chiqarish hajmiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida esa quyidagi manzara kuzatildi. Poytaxt — Toshkent shahri 15,3 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, barcha hududlar orasida yetakchilik qildi. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent va Samarqand viloyatlari turibdi — har ikkalasida ham 11,7 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Buxoro viloyatida 6,6 trln so‘mlik, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida 6,2 trln so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Shuningdek, Andijon viloyatida 5 trln so‘m, Namanganda 4,7 trln so‘m, Navoiyda 4,3 trln so‘mlik ishlab chiqarish qayd etilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,9 trln so‘m, Xorazm viloyatida 3,5 trln so‘m, Sirdaryo viloyatida 3,2 trln so‘m va Jizzax viloyatida 2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Eng kam ishlab chiqarish Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda — bu hududda faqat 1,9 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Mazkur raqamlar O‘zbekistonning turli hududlarida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ishlab chiqarish imkoniyatlari qay darajada farq qilishini ko‘rsatadi. Toshkent shahri va viloyatlari infratuzilmasi, logistika imkoniyatlari hamda sarmoyalar oqimiga ko‘ra boshqa hududlardan ilgarilab ketmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish keskin o‘sdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar