Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan beri 3,2 milliard dollarga ko‘paydi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index ma’lum qildi. Uning umumiy boyligi 16,4 milliard dollarga yetdi (so‘mda taxminan 208,7 trln so‘m).
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning eng boy tadbirkorlarining umumiy boyligi shu yil boshidan beri 19,7 milliard dollarga o‘sgan.
Boyligi eng ko‘p oshgan shaxslar quyidagilar: Pavel Durov — 4,8 milliard dollarga ko‘payib, 15,8 milliard dollarga yetdi; Aleksey Mordashov — 3,4 milliard dollarga ko‘payib, 26,6 milliard dollarga yetdi; Alisher Usmonov — 3,2 milliard dollarga ko‘payib, 16,4 milliard dollarga yetdi.
Shu bilan birga, Vladimir Lisinning boyligi 2025 yil boshidan beri 3,2 milliard dollarga kamaygan.
Bloomberg indeksi 2012 yildan beri dunyodagi eng boy 500 kishining moliyaviy holatini doimiy kuzatib boradi.
Alisher Usmonovning boyligi 3,2 milliard dollarga oshdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar