date

O‘zbekistonga qaysi davlat kartoshka importida birinchi o‘rinda?

O‘zbekistonga qaysi davlat kartoshka importida birinchi o‘rinda?

2025 yilning dastlabki sakkiz oyida O‘zbekiston kartoshka import hajmini sezilarli oshirdi, deb Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Yanvardan avgustgacha 11 ta davlatdan jami 490,8 ming tonna kartoshka olib kirildi. Uning qiymati 49,7 million dollar yoki taxminan 613,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga ko‘p demakdir.

Pokiston 299,4 ming tonna bilan yetakchi yetkazib beruvchi davlatga aylandi. Umumiy importning qariyb uchdan ikki qismi aynan shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi.

Qozog‘istondan 110 ming tonna, Afg‘onistondan 34,8 ming tonna, Qirg‘izistondan 18,1 ming tonna va Rossiyadan 15,4 ming tonna kartoshka olib kelindi. Qolgan 13,1 ming tonna esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Statistik ma’lumotlar, mamlakatda kartoshkaga bo‘lgan ichki talab yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Bu esa mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish va zaxira imkoniyatlarini oshirish zarurligini ta’kidlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga qaysi davlat kartoshka importida birinchi o‘rinda?