date

«Apple» korporasiyasi monopoliyaga qarshi qonunni buzganlikda ayblanmoqda

«Apple» korporasiyasi monopoliyaga qarshi qonunni buzganlikda ayblanmoqda

Da’vogarlar guruhi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya foydalanuvchilarni ogohlantirmay turib, "ITunes" dan boshqa manbalardan ko‘chirib olingan musiqalarni "IPOD" qurilmalaridan o‘chirib tashlagan. Bu haqida Kaliforniya shtatining Oklend shahri sud mahkamasida bo‘lib o‘tgan sud majlisida korporasiyani antimonopoliya qonunchiligini buzganlikda ayblayotgan bir guruh da’vogarlarning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Patrik Kaglin e’lon qildi, deb yozadi «Kun.uz».

Huquqshunosning ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat 2007-2009 yillari yuz bergan. Da’vogarlar bu kompaniya hamkor bo‘lmagan boshqa kompaniyalardan musiqa ko‘chirib olishga to‘sqinlik qilganligi uchun undan 350 mln dollar miqdorida tovon puli to‘lashni talab qilmoqdalar.

Kaglinning so‘zlariga ko‘ra, boshqa manbalardan musiqalarni takroran ko‘chirib olishga harakat qilgan foydalanuvchilarning qurilmalari ekraniga xatolik yuz berayotgani haqidagi xabar chiqarilgan, biroq tizim bu muammoni hal qilishga imkon bermagan.

O‘z navbatida, "Yabloko" ning vakillari qonunni buzmaganliklarini hamda bunday yo‘l tutish xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilganligini ta’kidlamoqdalar.

Shikoyatlar "IPOD Classic", "Ipod Shuffle", "Ipod Touch", "Ipod Nano" qurilmalariga taalluqlidir.

Foto: EPA/LARRY W. SMITH
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «Apple» korporasiyasi monopoliyaga qarshi qonunni buzganlikda ayblanmoqda