date

O‘zbekistonliklar chetdan sement olishni nima uchun kamaytirdi?

O‘zbekistonliklar chetdan sement olishni nima uchun kamaytirdi?
2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga 13 ta xorijiy davlatdan jami 72 ming tonna sement import qilindi, deb Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Import qilingan sement qiymati 4,4 million AQSH dollari (taqriban 55 milliard so‘m)ni tashkil etdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 548,1 ming tonnaga kamaygan. Boshqacha aytganda, sement importi qariyb 8,6 barobarga qisqargan.

Eng ko‘p sement Qozog‘istondan (33 739 tonna), Erondan (31 218 tonna), Qirg‘izistondan (2 653 tonna), Tojikistondan (2 516 tonna) va Rossiyadan (1 152 tonna) keltirilgan. Qolgan 755 tonna sement boshqa davlatlardan olib kirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonliklar chetdan sement olishni nima uchun kamaytirdi?