18:45 / 29.04.2015
11 989

Alisher Usmonov dunyo saxovatpeshalari ro‘yxatidan o‘rin oldi

Alisher Usmonov dunyo saxovatpeshalari ro‘yxatidan o‘rin oldi

Britaniyaning The Sunday Times nashri dunyoning eng yirik filantroplari ro‘yxatini e’lon qildi. Undan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov ham o‘rin oldi, deb yozadi Kun.uz.
Nashrda keltirilishicha, 2014 yilda Alisher Usmonov xayriya maqsadlariga 71.2 mln funt sterling (108 mln dollar) sarflagan. Oligarxning aktivlari 9.8 mlrd funt sterlingga baholanmoqda. U reytingda 8-pog‘onani band etib, Rossiyaning eng yirik filantropi sifatida tan olindi.
Shuningdek, rossiyalik yana bir biznesmen, Evraz kompaniyasi va Chelsea futbol klubi xo‘jayinlaridan biri Roman Abramovich 13-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili u xayriya ishlariga 45.8 mln funt sterling (69.7 mln dollar) ajratgan. Abramovichning boyligi 7.3 mlrd funt sterlingga baholangan.
Reytingda birinchi o‘rinni britaniyalik supermarketlar tarmog‘i egasi Lord Seynsberi egalladi. 2014 yilda u xayriya ishlariga 203.2 mln funt sterling yoki 309.4 mln dollar sarflagan. Uning qo‘lidagi mablag‘ 507 mln funt sterlingga teng.
Eslatib o‘tamiz, The Sunday Times Giving List saxovatpeshalar global reytingi Buyuk Britaniyaga ma’lum darajada aloqador bo‘lgan tijoratchilarning xayriya ishlari tahlili asosida tuziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alisher Usmonov dunyo saxovatpeshalari ro‘yxatidan o‘rin oldi