
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat tashkilotlari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabr holatiga mamlakatda 405,5 mingta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ularning ichida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) eng katta ulushga ega bo‘lib, 318,3 mingtani tashkil etadi. Bu esa barcha korxonalarning 78,5 foizi MChJ shaklida ro‘yxatdan o‘tganini anglatadi. MChJlar biznes yuritishning eng qulay va xavfsiz shakli bo‘lgani uchun tadbirkorlar orasida tobora ommalashib bormoqda.
Boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
Xususiy korxonalar – 46 996 ta (11,6%)
Oilaviy korxonalar – 36 292 ta (8,9%)
Aksiyadorlik jamiyatlari – 639 ta (0,2%)
Boshqa shakldagi korxonalar – 3 283 ta (0,8%)
Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda tadbirkorlik muhiti kengayib, biznes ochish jarayoni yengillashganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.