date

Qaysi kupyuralar muomalada eng katta ulushga ega?

Qaysi kupyuralar muomalada eng katta ulushga ega?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga muomaladagi naqd pullar tarkibida eng katta ulush 100 ming so‘mlik banknotga to‘g‘ri kelgan — 36,4 foiz.

Ikkinchi o‘rinda 200 ming so‘mlik banknot qayd etilgan bo‘lib, uning ulushi 28,5 foizni tashkil qilgan. Bu raqamlar yirik nominallar naqd pul muomalasida tobora ustun bo‘layotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, Markaziy bank aholi o‘rtasida mayda banknotalardan foydalanish ulushi kamayib borayotganini ham qayd etadi. Ya’ni “mayda pul topish qiyin” degan gap shunchaki shikoyat emas — trendga aylanib boryapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qaysi kupyuralar muomalada eng katta ulushga ega?