date

Angrenda yangi shina zavodi quriladi

Angrenda yangi shina zavodi quriladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 4 dekabrda o‘z qarori bilan «O‘zkimyosanoat» davlat aksionerlik kompaniyasi va Xitoyning «Poly Technologies Inc» kompaniyasi tomonidan rezinatexnika mahsulotlari zavodining bunyod etilishini tasdiqladi, Bu haqda «12news.uz»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Bu haqda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Doniyor Qurbonov Pekingdagi brifingda ma’lum qildi. Elchining aytishicha, loyihaning umumiy qiymati 183,96 million dollarga teng.

«XXR Eksimbanki 156,3 million dollarlik imtiyozli kredit ajratadi», — deb ta’kidladi O‘zbekistonning XXRdagi elchisi.

Bundan avval «O‘zkimyosanoat» DAK Angrenda boshlang‘ich qiymati 190 million dollarga teng shina zavodi qurilishiga tender e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Zavodning loyiha quvvati bir yilda 3 millionta avtoshina, 200 mingta qishloq xo‘jaligi shinasi va yig‘im-terim texnikasi uchun 5 metrlik 100 mingta konveyeri tasmasini tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Angrenda yangi shina zavodi quriladi