Parashyut, paraplan va kvadrotsikllar: Turizm biznesi uchun bojxona imtiyozlari beriladi

1 daqiqa o'qish86
Parashyut, paraplan va kvadrotsikllar: Turizm biznesi uchun bojxona imtiyozlari beriladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda yillar davomida foydalanilmay va tashlandiq holda yotgan aerodromlar hamda uchish-qo'nish yo'laklari tiklanib, sayyohlik va ekstremal sport obyektlariga aylantiriladi.
  • Qayta tiklangan aerodromlar tadbirkorlarga ijara huquqi asosida berilib, ularda yengil aviatsiya parvozlari, parashyutdan sakrash, paraplanda uchish va mutaxassislar tayyorlaydigan o'quv markazlari tashkil etiladi.

O‘zbekistonda yillar davomida foydalanilmay va tashlandiq holda yotgan aerodromlar hamda uchish-qo‘nish yo‘laklari tiklanib, sayyohlik va ekstremal sport obyektlariga aylantiriladi. Bu haqda faol turizmni rivojlantirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Hukumat mamlakat bo‘ylab kichik va yengil aviatsiyani rivojlantirish va biznes vakillariga yangi imkoniyatlar yaratish mexanizmlarini ishlab chiqmoqda.

Yengil aviatsiya, parashyut va o‘quv markazlari

Loyihaga ko‘ra, qayta tiklangan va obodonlashtirilgan aerodromlar tadbirkorlarga ijara huquqi asosida topshiriladi. Ushbu maydonlarda quyidagi faoliyat turlari yo‘lga qo‘yilsa:

  • Ekstremal turizm: Yengil aviatsiya parvozlari, parashyutdan sakrash va paraplanda uchish;

  • Ta’lim va infratuzilma: Aerodrom hududidagi bino-inshootlardan mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv markazlari sifatida foydalanish.

Shuningdek, kichik aviatsiya sohasini tartibga solish va rivojlantirish maqsadida Fuqaro aviatsiyasi agentligiga havo kemalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda sertifikatlash bo‘yicha kengaytirilgan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat regulyatori maqomini berish taklif etilmoqda.

Biznes uchun misli ko‘rilmagan bojxona imtiyozlari

Ekstremal va faol turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida salmoqli imtiyozlar paketi ko‘zda tutilgan.

Xususan, 40 ga yaqin turdagi maxsus uskuna va transport vositalarini mamlakatga import qilishda bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod etish rejalashtirilmoqda.

Imtiyozga tushadigan texnikalar sirasiga: kvadrotsikllar, baggilar, avtokemperlar, gidrotsikllar, parashyutlar, paraplanlar va tog‘-chang‘i uskunalari kiradi.

Ushbu imtiyozli rejimni 2027 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha joriy etish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, 2027 yildan boshlab faol turizm obyektlaridagi infratuzilma loyihalari davlat dasturlariga kiritilishi va davlat tomonidan moliyalashtirilishi kutilyapti.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?