07:02 / 10.01.2018
4 662

Markaziy bank huzurida yangi xizmat va ikkita qo‘mita tashkil etiladi

Markaziy bank huzurida yangi xizmat va ikkita qo‘mita tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli farmon bilan Markaziy bankning faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Bu haqda hukumatdagi axborot manbasi tayanib Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Prezident farmoniga ko‘ra, MB Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida asosiy vazifasi bank xizmatlari ist’emolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish bo‘lib hisoblangan Markaziy bankning Bank xizmatlari ist’emolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.

Bundan tashqari, asosiy vazifalari tegishlicha bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘lib hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining nazorat qo‘mitasi va Kredit qo‘mitasi o‘z faoliyatini boshlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)