Seshanba kuni neft narxlari bozordagi kayfiyatning keskin o‘zgarishi fonida 7%ga tushib ketdi. Bir oy oldin treyderlar bir barrel neft narxi 100 dollarga qaytishini taxmin qilishgandi, endi esa gap neftga qayta taklif haqida ketmoqda - narxlar 55-65 dollargacha tushib ketdi.
Seshanba, 13 noyabr kuni, Brent nefti uchun yanvar fyucherslari 4,65 dollarga (-6.6%) arzonlashdi va bir barrelga 65,47 dollarlik ko‘rsatkichda yopildi, Amerikaning WTI neftiga dekabr fyucherslari 4,24 dollarga tushib ketdi (-7,1%) - bir barrel uchun 55,69 dollargacha.
Xalqaro etalon bo‘lgan Brent nefti oktyabr oyi boshidan beri (86,29 dollar) maksimumdan qariyb 25 foizga «quladi» va agar savdolar yopilishidagi narxlarga qaralsa, rasman «ayiq» sikliga kirdi (bear market - yaqindagi cho‘qqiga nisbatan 20 foizga tushish).
WTI ketma-ket 12-savdo sessiyasi davomida arzonlashdi - 1983 yildan beri butun savdolar tarixidagi qulash davomiyligi bo‘yicha rekord. Amerika nefti ham «ayiq» bosqichida.
Bir oy oldin bozorda neft kotirovkalari bir barrel uchun 100 dollarga qaytishi haqida gapirishgandi - bunday ssenariy Eronga qarshi takroriy qattiq sanksiyalar arafasida ko‘rildi.
Neft narxining qulashi OPEK hisoboti e’lon qilinganidan so‘ng yuz berdi, unda tashkilot 2018 va 2019 yillarga neft qazib olish bo‘yicha prognozni ko‘tardi, shuningdek, sentyabr bilan solishtirganda oktyabrda qazib olish hajmining oshishi bildirildi. Bozor o‘yinchilari taklifning ko‘pligiga reaksiya bildirishdi hamda barrel narxi pastga tushib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi