Seshanba kuni neft narxlari bozordagi kayfiyatning keskin o‘zgarishi fonida 7%ga tushib ketdi. Bir oy oldin treyderlar bir barrel neft narxi 100 dollarga qaytishini taxmin qilishgandi, endi esa gap neftga qayta taklif haqida ketmoqda - narxlar 55-65 dollargacha tushib ketdi.
Seshanba, 13 noyabr kuni, Brent nefti uchun yanvar fyucherslari 4,65 dollarga (-6.6%) arzonlashdi va bir barrelga 65,47 dollarlik ko‘rsatkichda yopildi, Amerikaning WTI neftiga dekabr fyucherslari 4,24 dollarga tushib ketdi (-7,1%) - bir barrel uchun 55,69 dollargacha.
Xalqaro etalon bo‘lgan Brent nefti oktyabr oyi boshidan beri (86,29 dollar) maksimumdan qariyb 25 foizga «quladi» va agar savdolar yopilishidagi narxlarga qaralsa, rasman «ayiq» sikliga kirdi (bear market - yaqindagi cho‘qqiga nisbatan 20 foizga tushish).
WTI ketma-ket 12-savdo sessiyasi davomida arzonlashdi - 1983 yildan beri butun savdolar tarixidagi qulash davomiyligi bo‘yicha rekord. Amerika nefti ham «ayiq» bosqichida.
Bir oy oldin bozorda neft kotirovkalari bir barrel uchun 100 dollarga qaytishi haqida gapirishgandi - bunday ssenariy Eronga qarshi takroriy qattiq sanksiyalar arafasida ko‘rildi.
Neft narxining qulashi OPEK hisoboti e’lon qilinganidan so‘ng yuz berdi, unda tashkilot 2018 va 2019 yillarga neft qazib olish bo‘yicha prognozni ko‘tardi, shuningdek, sentyabr bilan solishtirganda oktyabrda qazib olish hajmining oshishi bildirildi. Bozor o‘yinchilari taklifning ko‘pligiga reaksiya bildirishdi hamda barrel narxi pastga tushib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi