Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muhamet Jumagaldiyev bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
– Ma’lumki, shu yilning 15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100 ming so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi, — deydi Muhamet Jumagaldiyev. — Markaziy bank tomonidan 100 ming so‘mlik banknotani muomalaga chiqarishdan maqsad aholiga naqd pul orqali hisob-kitoblarda qulaylik yaratish, saqlash, tashishni osonlashtirish, muomaladagi banknotalar strukturasini optimallashtirishdan iborat.
Yuz ming so‘mlik banknota eskirgan pul birliklarini muomaladan chiqarish hisobiga muomalaga kiritilmoqda. Shuning uchun, bu banknotalarning muomalaga chiqarilishi amaldagi naqd pul massasining oshishiga olib kelmaydi.
Demak, muomaladagi naqd pullar strukturasining o‘zgarishi inflyatsiyaning oshishiga ta’sir qilmaydi. Yana ham soddaroq aytganda, 100 ming so‘mlik pul aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratadi va bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi