17:30 / 10.09.2020
2 941

Markaziy bank: Asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, yillik 14 foiz qilib belgilandi

Markaziy bank: Asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, yillik 14 foiz qilib belgilandi
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov
O‘zbekiston Markaziy bankida navbatdagi Boshqaruv yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirok etib, asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilgani, yillik 14 foiz darajasida belgilanganini ma’lum qildi.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, ushbu qaror inflyatsiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyatsiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi.

Bunda, prognoz qilinayotgan davrda inflyatsiyani keskin oshiruvchi omillarning nisbatan kamligi pul-kredit sharoitlarini inflyatsion xatarlarni yuzaga keltirmasdan yumshatish imkonini beradi.

Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi 11-12,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflyatsiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar barqaror pasayishi va makroiqtisodiy barqarorlikning saqlab qolinishi sharoitida inflyatsiya prognozi yanada pasaytirish tomonga ko‘rib chiqilishi mumkin.

Markaziy bank hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib borishi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: Asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, yillik 14 foiz qilib belgilandi