2 828
Soliq tekshiruvlari tizimi o‘zgaradi: soliq to‘lovchilar «yashil», «sariq», «qizil» yo‘laklarga ajratilgan
Hukumat qaroriga asosan, yangi tartibdagi soliq tekshiruvlari tizimi joriy qilindi. Unda soliq to‘lovchilar «yashil» (xavfi past), «sariq» (xavfi o‘rta), «qizil» ( xavfi yuqori) yo‘laklarga ajratilib soliq tekshiruvlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. «Yashil» yo‘lakka kiruvchi soliq to‘lovchilarga nisbatan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev 11 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida soliq tekshiruvlarining yangi tartibi joriy qilinishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Raisning birinchi o‘rinbosariga ko‘ra, soliq tekshiruvlarining yangi tartibi soliq to‘lovchilarni segmentlarga ajratishni ko‘zda tutadi.
«Doimiy ravishda soliqlarni to‘lab borgan soliq to‘lovchilar «yashil», yo‘lakka kiradi va «xavfi past» deya baholanadi. Ularga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. «Xavfi o‘rta» soliq to‘lovchilar «sariq» yo‘lakka kiritiladi, ularga nisbatan kameral nazorat o‘rnatiladi», – deydi Mubin Mirzayev.
Kameral nazorat – soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazorat.
DSQ vakilining aytishicha, soliq to‘lashdan qochgan soliq to‘lovchilar «xavfi yuqori» deb baholanadi va «qizil» yo‘lakka kiritiladi, ularga nisbatan soliq auditi o‘tkaziladi.
«Oldingi soliq tekshiruvi bilan yangi tizimning farqi shundaki, ilgari soliq organlari nima bo‘lsa ham soliq to‘lovchidan kamchilik topgan. Shu paytgacha soliq to‘lovchilar soliq organlari bizni jazolaydi, yoki nimadir chora ko‘radi deb xavotirda bo‘lgan. Yangi tizimda soliq organlari qaysi soliq to‘lovchi soliqlarni to‘lamagan, qancha summa to‘lamaganligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilgandan keyingina soliq tekshiruvini amalga oshiradi. Soliq to‘lovchida soliqdan qochish holatlari kuzatilmasa, barcha hisobotlar o‘z o‘rnida bo‘lsa, unga nisbatan soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi», – dedi vazir o‘rinbosari.
Ma’lumot uchun, 2019 yil dekabrda yangi tahrirdagi soliq kodeksi qabul qilingan edi. Unda soliq nazorati shakllari 13tadan 2taga qisqartirilib, tekshirishlarni tayinlash tartibiga o‘zgartirish kiritilgan edi: tekshirishlar inson omilisiz faqat «Tahlika-tahlil» dasturi asosida 3 ta segmentga bo‘lish asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident tashabbusi bilan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati tekshiruvlariga e’lon qilingan moratoriy 2021 yilda ham amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi