18:00 / 19.02.2021
1 885

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
Foto: Markaziy bank
Markaziy bank 22 fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,69 so‘mga ko‘tarilib, 10 532,27 so‘mni tashkil qildi. Yevro 84,56 so‘mga ko‘tarilib, 12 779,86 so‘m bo‘ldi.

Avvalroq dollarning rasmiy kursi qatorasiga uch kun pastlab, 18 fevral kuni 10 514,58 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 16 fevraldan boshlab 10 590 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi