Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, yoshlarni ishga olgan korxonalarga bir qator imtiyozlar beriladi.
Jumladan, 1 maydan boshlab, agar korxona va kompaniyalar yoshlarni ishga qabul qilsa, korxonalarga ushbu xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.
Bu orqali joriy yilda kamida 500 ming yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmi yaratiladi va tadbirkorlar ixtiyorida bir yilda 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoladi.
Shuningdek, 1 iyundan boshlab, «yoshlar daftari»ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘taganda, ularga 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
1 maydan boshlab, «Yoshlar daftari»ga kirgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi.
Shu bilan birga, 1 maydan boshlab, xodimlari sonining kamida 70 foizi «yoshlar daftari»ga kirgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi va ulardan 5 yil davomida ijara haqi undirilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi