«Ijtimoiy daftarlar» doirasida 82 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
1 daqiqa o'qish123

Ijtimoiy ahamiyatga ega «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish, shuningdek, mavjud qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 82 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.
Mazkur yo‘nalishda jami 1 418 ta aktiv savdoga chiqarilgan bo‘lib, shundan 739 tasi banklar foydasiga, 540 tasi soliq qarzdorligi bo‘yicha, 139 tasi esa boshqa toifadagi hujjatlar asosida savdoga chiqarilgan.

Amalga oshirilgan ishlar ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…