14:00 / 28.08.2021
2 345

O‘zbekiston 2021 yilning yetti oyi davomida 14,5 mln dollarlik qovun-tarvuz eksport qildi

O‘zbekiston 2021 yilning yetti oyi davomida 14,5 mln dollarlik qovun-tarvuz eksport qildi
O‘zbekiston 2021 yilning yetti oyida xorijga qiymati 14,5 milion dollarga teng bo‘lgan 53,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yili mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 19 ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 42,1 ming tonnaga, ya’ni qariyb 4,6 baravarga oshgan.

O‘tgan 7 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston — 24,8 ming tonna;
Rossiya — 16,4 ming tonna;
Qirg‘iziston — 5,9 ming tonna;
Ukraina — 2,8 ming tonna;
Belarus — 1,2 ming tonna;
Latviya — 1,4 ming tonna;
Germaniya — 509,8 tonna;
Moldova — 239,0 tonna.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 2021 yilning yetti oyi davomida 14,5 mln dollarlik qovun-tarvuz eksport qildi