O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

FIFA milliy terma jamoalarning navbatdagi reytingini yangiladi. Kuzgi xalqaro uchrashuvlardan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir pog‘ona yuqorilab, jahon reytingida 59-o‘rinni egalladi.

Shu natija bilan O‘zbekiston Osiyo terma jamoalari orasida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Jahon reytingida dastlabki to‘rtlik o‘zgarmadi. Ispaniya birinchi o‘rinni saqlab qolgan. Undan keyin Argentina, Fransiya va Angliya joylashgan.

Portugaliya ikki pog‘ona yuqorilab, kuchli beshlikka kirdi va 5-o‘rinni egalladi. Braziliya bir pog‘ona pastlab, 6-o‘ringa tushdi. Marokash ham bir pog‘ona pasayib, 7-o‘rindan joy oldi.

Kuchli o‘nlikni Belgiya, Niderlandiya va Meksika terma jamoalari yakunlagan.

FIFA reytingidagi kuchli o‘nlik:

• Ispaniya
• Argentina
• Fransiya
• Angliya
• Portugaliya
• Braziliya
• Marokash
• Belgiya
• Niderlandiya
• Meksika

Osiyo terma jamoalari orasida eng yuqori natija Yaponiyaga tegishli. Yaponiya jahon reytingida 17-o‘rinda qayd etilgan.

Eron 23-, Avstraliya 26-, Janubiy Koreya 32-, Saudiya Arabistoni 55-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston esa 59-pog‘onada.

Osiyoning kuchli o‘nligi:

• Yaponiya, 17-o‘rin
• Eron, 23-o‘rin
• Avstraliya, 26-o‘rin
• Janubiy Koreya, 32-o‘rin
• Saudiya Arabistoni, 55-o‘rin
• O‘zbekiston, 59-o‘rin
• Qatar, 60-o‘rin
• Iroq, 63-o‘rin
• BAA, 65-o‘rin
• Iordaniya, 72-o‘rin

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar