10:28 / 08.04.2022
1 143

Rossiyalik restoratorlar O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqish bildirishmoqda

Rossiyalik restoratorlar O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqish bildirishmoqda
Rossiyalik restoratorlar o‘zbekistonlik meva-sabzavot, gazmol va vino ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorlar. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya restoratorlari va otelerlari federatsiyasi (RROF) prezidenti Igor Buxarov ma’lum qildi.

RROF rahbari O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashgan. Unda tomonlar Rossiya restoranlari va mehmonxonalari uchun O‘zbekiston mahsulotlari yetkazib berilishini muhokama qilishgan.

Bizni sabzavot, meva, yong‘oqlar qiziqtiradi. O‘zbekistonda bir qancha agrosanoat klasterlari bor. U yerda paxtadan gazlama tayyorlovchi va mehmonxona va restoranlar uchun mato to‘quvchi yengil sanoat klasterlari ham bor. Ularning vinochilik klasterlari bor va ular bu mahsulotni yetkazib berishga tayyorlar”, - dedi Buxarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari O‘zbekiston mahsulotlari asosan faqat bozorga yetkazib berilgan, restoranlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Biz may oyida rossiyalik yetkazib beruvchi va xaridorlar bilan maxsus tadbir o‘tkazilishiga kelishib oldik. Unga restoratorlarni taklif qilamiz va ular mahsulotlarni tatib ko‘rib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishadi”, - dedi RROF rahbari.

O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyalik restoratorlar O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqish bildirishmoqda