O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda insonparvarlik yordamini jo‘natdi

1 daqiqa o'qish904
O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda insonparvarlik yordamini jo‘natdi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
30 aprel kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi, deb xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 58 ta vagondan iborat ezgulik poyezdi Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘nab ketgan. Shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini ilk bor 2021 yilning 14 sentabr kuni yuborgan. Un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat 1300 tonna og‘irlikdagi yordam butun mamlakat bo‘ylab kam ta’minlangan afg‘on oilalariga tarqatilgan. Dekabr oyida esa O‘zbekistonning Afg‘onistonga yuborgan navbatdagi insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi mamlakat rasmiylari ishtirok etgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?