959
Toshkent viloyatida 40 sotix yerni rasmiylashtirib berish uchun 29 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida A.J. ismli shaxs go‘yoki o‘zining kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali 29 ming dollar evaziga fuqaro Sh.ning nomiga 40 sotix yer maydonini ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi