Samarqandda germaniyalik tadbirkorni o‘ldirgan shaxslarga hukm o‘qildi

1 daqiqa o'qish2.9K
Samarqandda germaniyalik tadbirkorni o‘ldirgan shaxslarga hukm o‘qildi
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Jomboy tumanida yashab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan Germaniya fuqarosini o‘ldirgan 5 nafar fuqaroga sud hukmi o‘qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil dekabr oyida Jomboy tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan 47 yoshli Germaniya fuqarosi Abdulvahhob Qayumi o‘zi yashab turgan uyda elektr tarmoqlarini sozlash uchun usta chaqiradi. Usta ishlarini bajarib bergach, tadbirkorning uyida ko‘p miqdordagi pullarni ko‘rib fikri buziladi.

Shundan so‘ng, Jomboy tumanida yashovchi shaxs yana to‘rt nafar sherigini yoniga olib Germaniya fuqarosining uyiga bosqinchilik uyushtirishadi.

Bosqinchilar kirish paytida xonadonni elektr tarmog‘idan uzishadi va kuzatuv kameralarini to‘sib qo‘yishadi. So‘ng ichkariga kirib, germaniyalik tadbirkordan pullarni berishni talab qilishadi. Qayumi xonadonida pullar yo‘qligini aytgach, uni do‘pposlab qiynashadi va qo‘l-oyoqlarini sindirib ketishadi.

Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan germaniyalik tadbirkor shifoxonaga yotqiziladi. Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u vafot etadi.

Xonadondagi kameralarda bosqinchilarning Qayumining hovlisiga kirganlari tasvirlangan kadrlar saqlanib qolgani uchun, IIB xodimlari ularni tezda topib, 2021 yil 26 dekabr kuni qo‘lga qo‘lga olishadi. Bosqinchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisida bosqinchilarning aybi to‘liq isbotlangan. Sud hukmiga ko‘ra jinoyat tashkilotchisi bo‘lgan elektr ustasiga 19 yil, uning jinoiy sheriklaridan uch nafariga 16 yildan 18 yilgacha qamoq jazosi berilgan.

Bundan tashqari, bosqinchilarning niyatini oldindan bilgan holda ularni tadbirkorning uyigacha olib borib qo‘ygan taksichiga 13 yil qamoq jazosi tayinlangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?