O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qayerdan kelmoqda?

1 daqiqa o'qish2K
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qayerdan kelmoqda?
2022 yilning aprel oyida 269,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 181,4 ming nafarga yoki 3,1 baravarga oshgan.
Mamlakatga aprel oyida turistik maqsadda tashrif buyurgan fuqarolarning eng ko‘pi Qozog‘istondan kelgan – 81,2 ming nafar.
Keyingi o‘rinlardan Tojikiston (69,9 ming nafar) va Qirg‘iziston (69,1 ming nafar) fuqarolari o‘rin olishgan. Rossiyadan 29,3 ming kishi kelgan.

Qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Turkiya – 4,5 ming nafar;
- Germaniya – 1,4 ming nafar;
- Fransiya – 1,2 ming nafar;
- Belarus – 1,2 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 900 nafar;
- Buyuk Britaniya – 800 nafar;
- Ispaniya – 700 nafar;
- AQSH – 700 nafar;
- Italiya – 500 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyundan boshlab O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Hukumat mamlakatga 2022 yil oxiriga kelib 4,5 million xorijiy sayyoh kelishi kutilayotganini ma’lum qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?