Chinoz tumani YHXB boshlig‘iga 1,5 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

1 daqiqa o'qish1.2K
Chinoz tumani YHXB boshlig‘iga 1,5 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyati Chinoz tumanida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘iga pora taklif qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro M.J. (2000 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatida yashovchi) tuman YHXB boshlig‘iga pora tariqasida 1,5 million so‘m taklif qilgan. U 1 million so‘mni berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, ushbu haydovchi bir kun avval o‘zining Cobalt avtomobilida Chinoz tumani hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Qoidabuzarligi sabab avtomobil jarima maydoniga qo‘yilgan.

Haydovchi esa xodimdan pora evaziga ma’muriy bayonnomani uning foydasiga hal qilishni va avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib berishini so‘ragan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?