Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Farhod Primov Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Miranda qoidasi» hamda «Xabeas korpus» institutini Konstitutsiyaga kiritish bo‘yicha taklifini izohladi.
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda bir qator muhim takliflarni ilgari surdi, — deydi Farhod PRIMOV. — Jumladan, «Miranda qoidasi»ni Konstitutsiyaga kiritish, ya’ni shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shartligi to‘g‘risidagi taklifning bildirilgani alohida e’tiborga molikdir».
«Miranda qoidasi» dastlab AQSH milliy qonunchiligi va amaliyotida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, bugun xalqaro huquqning eng asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, hibsga olingan shaxs, hisbga olinish jarayonida hamda so‘roq qilinishidan oldin gumonlanuvchi sifatidagi huquqlari quyidagi mazmunda tushuntiriladi.
Ya’ni: «Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz bergan ko‘rsatmalarning barchasidan sudda o‘zingizga qarshi foydalanilishi mumkin. So‘roq jarayonida advokatingiz qatnashishi mumkin. Agar advokat xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmasangiz, siz davlat tomonidan advokat bilan ta’minlanasiz. Huquqlaringizni tushundingizmi?».
Bu tartib-tamoyilning asosiy maqsadi hibsga olingan shaxs jinoyat ishi hamda ayblovning mohiyati bilan tanishmasdan turib, o‘ziga qarshi guvohlik berishining oldini olish hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, «Miranda qoidasi» talablari Jinoyat-protsessual kodeksining bir nechta moddasida o‘z ifodasini topgan. Xususan, Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq, sukut saqlash huquqi belgilangan. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Boshqacha aytganda, milliy qonunchiligimizda sukut saqlash yoki hech qanday ko‘rsatma bermaslik huquqi aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga asoslangan.
Sukut saqlash huquqi, ya’ni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishdan bosh tortish huquqi Jinoyat-protsessual kodeksining 48-moddasida qat’iy kafolatlangan. Ushbu modda talabiga ko‘ra, gumon qilinuvchi zimmasiga ko‘rsatma berish, shuningdek, o‘zining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Jinoyat-protsessual kodeksining 46-moddasiga asosan, shaxs o‘zining ko‘rsatmalaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lishi va nimada ayblanayotganini bilish huquqiga egadir. Shuningdek, ushbu moddada shaxsga o‘zining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emasligi kafolatlangan.
Bundan tashqari, ushbu kodeksning 46- va 48-moddalariga ko‘ra, shaxs, ya’ni ayblanuvchi yoki gumondor o‘ziga qo‘yilgan ayblov yo gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish yoxud ko‘rsatmalar berishdan bosh tortishga haqlidir. Shuningdek, u ko‘rsatmalaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish huquqiga ega.
Jinoyat-protsessual kodeksining 48-moddasiga muvofiq, shaxs qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish, shuningdek, himoyachiga ega bo‘lish huquqiga ega.
Milliy qonunchiligimiz talabiga asosan, agar ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilgan shaxsning advokat yollashga imkoniyati bo‘lmasa, u davlat tomonidan advokat tayinlanishi huquqidan foydalanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Miranda qoidasi» O‘zbekistonning amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligida to‘laligicha aks etgan degan xulosaga kelish mumkin. Ammo «Miranda qoidasi» Jinoyat-protsessual kodeksida «sochib tashlangan», ya’ni tarqoq belgilangan, aslida bu qoida yaxlit tushunilsagina, amalda samarali qo‘llanishi mumkin.
Shu bilan birga, «Miranda qoidasi» Konstitutsiya darajasidi belgilanishi lozim bo‘lgan inson huquqlariga oid eng asosiy qoida hisoblanadi. Boshqacha aytganda, «Miranda qoidasi»ni Jinoyat-protsessual kodeksida belgilab qo‘yishning o‘zi kamlik qiladi. Bu qoida Asosiy qonunda ifodalanishi kerak va qolaversa, Konstitutsiya xalqqa eng yaxshi tanish va tushunarli hujjat hisoblanadi.
Shunday ekan, fuqarolar «Miranda qoidasi» bo‘yicha huquqlarini Jinoyat-protsessual kodeksi orqali emas, birinchi galda, Konstitutsiya orqali bilib olishlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, «Miranda qoidasi»ning Konstitutsiyamizda ifodalanishi ushbu tamoyilni to‘la-to‘kis qo‘llanishi uchun zarur huquqiy kafolatlar yaratadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»