Navoiyda imtihonsiz “prava” olib bermoqchi bo‘lgan sug‘urtachi ayol ushlandi

1 daqiqa o'qish946
Navoiyda imtihonsiz “prava” olib bermoqchi bo‘lgan sug‘urtachi ayol ushlandi
Navoiyda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.S. haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon topshirish maqsadida Navoiy viloyati IIB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limiga borganida uni «O‘zagrosug‘urta» ko‘chma do‘konida faoliyat olib borayotgan A.I. suhbatga tortgan. Suhbat jarayonida u S.S.ga 2 mln 300 ming so‘m pul evaziga haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib berishni va’da qiladi.

IIV SHXBB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.I. kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, u faoliyat olib borayotgan «O‘zagrosug‘urta» ko‘chma do‘konida 9 nafar fuqaroning shaxsiy hujjatlari, pullar hamda imtihon varaqalari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?