O‘zbekistonda IT sohasida yangi universitet ochildi

1 daqiqa o'qish1.1K
O‘zbekistonda IT sohasida yangi universitet ochildi
O‘zbekistonda IT sohasiga ixtisoslashgan “PDP University” oliy ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, endilikda O‘zbekistonda oliygohlar soni 167 taga teng bo‘ldi. Ushbu universitetda talabalarga 4 yil davomida xalqaro “Pearson BTEC” o‘quv dasturi asosida barcha bilim va ko‘nikmalar beriladi.

Talabalar quyidagi 4 ta fakultetda ta’lim olishlari mumkin:
- Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va dasturlash;
- Ma’lumotlar tahlili;
- Biznes tahlili va o‘zgarishlarni boshqarish;
- Sun’iy intellekt yechimlari va ilovalari.

"OTM 7 iyun kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida talabalarga IT sohasida ta’lim berish huquqiga ega bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “PDP University” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan PDP (Personal Development Process) kompaniyasi tomonidan asos solindi.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyundanyangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?